Faoliyatning asosiy maksadlari
Yangilangan sana:
9 Iyun 2023, 19:24
Faoliyatning asosiy maksadlari:
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining banklararo elektron to’lov tizimini uzluksiz ishlashini ta’minlash;
- Bank tizimining ma’lumotlar uzatish tarmog’ini loyihalash va ushbu tarmoqni uzluksiz ishlashini ta’minlash;
- Respublika moliya sektoriga telekommunikaciya xizmatlari ko’rsatish.
Korxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Elektron to’lov tizimlari dasturiy majmualarini ishlab chiqish va tadbiq etish.
- Elektron to’lovlar tizimining ish faoliyatini ta’minlash.
- Elektron pochta xizmatini ta’minlash.
- Bank ma’lumotlarini uzatish tarmoqlarini loyihalash, ishlab chiqish va ekspluataciya qilish.
- Bank depozitorlarining Milliy axborot bazasi ish faoliyatini ta’minlash;
- Markaziy bank yagona balans dasturiy-texnik kompleksini uzluksiz ishlashini ta’minlash;
- Bank tizimi Ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
- Kredit axboroti Milliy instituti va Garov reestri DUK ning axborot tizimlarini ishlab chiqish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
- Valyuta ayriboshlash shaxobchalari dasturiy-texnik kompleksini ish faoliyatini ta’minlash.
- Elektron to’lovlar tizimining markazlashtirilgan elektron arxivini yuritish.
- Amaliy dasturiy tizimlarni ishlab chiqish va tadbiq etish.
- Hisoblash, aloqa va tashkiliy texnika vositalariga texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash va tiklashga doir xizmat ko’rsatish.