Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Aloqa telefon raqami (+998 71) 212-61-41

Axborotlashtirish Bosh markazi direktor murojaati

Yangilangan sana:  4 Dek 2025, 09:43
4 Dek 2025

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha

Hurmatli xodimlar!

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Axborotlashtirish bosh markazi jamoasi sifatida biz ham ushbu yo’nalishda faol ishtirok etishimiz, halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilishimiz zarur.

Barchangizni:

  • xizmat vazifalarini halol bajarishga,
  • manfaatlar to’qnashuvining oldini olishga,
  • xizmat vakolatlaridan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanishga,
  • o’zaro hurmat va odob-axloq qoidalariga rioya etishga,
  • korrupsion holatlar bo’yicha xabardorlikni oshirishga chaqiraman.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar nafaqat jamoamiz sha’niga, balki tashkilot obro’-e’tiboriga putur еtkazadi. Shuning uchun har bir xodimdan mas’uliyat, halollik, sadoqat va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash talab etiladi.

Agar siz xizmat faoliyatingiz davomida:

  • qonunbuzilish,
  • manfaatlar to’qnashuvi,
  • bosim yoki noqonuniy talab holatlariga duch kelsangiz,

darhol Komplayens-nazorat bo’limiga 23-515 yoki (99871)212-61-41 “Ishonch telefoni”ga murojaat qilishingizni so’rayman.

Bizning maqsad — korrupsiyadan xoli, zamonaviy, shaffof va halol tizim yaratishdir.

Barchangizni korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Hurmat bilan,
Axborotlashtirish Bosh markazi direktori

Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X