Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha
Hurmatli xodimlar!
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Axborotlashtirish bosh markazi jamoasi sifatida biz ham ushbu yo’nalishda faol ishtirok etishimiz, halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilishimiz zarur.
Barchangizni:
- xizmat vazifalarini halol bajarishga,
- manfaatlar to’qnashuvining oldini olishga,
- xizmat vakolatlaridan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanishga,
- o’zaro hurmat va odob-axloq qoidalariga rioya etishga,
- korrupsion holatlar bo’yicha xabardorlikni oshirishga chaqiraman.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar nafaqat jamoamiz sha’niga, balki tashkilot obro’-e’tiboriga putur еtkazadi. Shuning uchun har bir xodimdan mas’uliyat, halollik, sadoqat va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash talab etiladi.
Agar siz xizmat faoliyatingiz davomida:
- qonunbuzilish,
- manfaatlar to’qnashuvi,
- bosim yoki noqonuniy talab holatlariga duch kelsangiz,
darhol Komplayens-nazorat bo’limiga 23-515 yoki (99871)212-61-41 “Ishonch telefoni”ga murojaat qilishingizni so’rayman.
Bizning maqsad — korrupsiyadan xoli, zamonaviy, shaffof va halol tizim yaratishdir.
Barchangizni korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etishga chaqiramiz!
Hurmat bilan,
Axborotlashtirish Bosh markazi direktori
Ўзбекча: Ахборотлаштириш Бош маркази директор мурожаати
На русском: Обращение директора Информационного Главного центра по вопросам противодействия коррупции
In english: Address by the Director of the Information Main Center