Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Aloqa telefon raqami (+998 71) 212-61-41

Axborotlashtirish Bosh markazida O‘qituvchilar va ustozlar kuni munosabati bilan tabrik

Yangilangan sana:  2 Okt 2025, 18:47
2 Okt 2025

O‘zbekiston Respublikasida har yili 1-oktyabr “O‘qituvchilar va ustozlar kuni” sifatida davlat bayrami va rasmiy dam olish kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu sana bilim va tajribani ulashadigan, kasbiy hamda shaxsiy fazilatlarni shakllantiradigan, yangi avlod mutaxassislarini tarbiyalashga hissa qo‘shadigan barcha ustozlarga bag‘ishlanadi.

Bayram arafasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Axborotlashtirish Bosh markazi direktori o‘rinbosari, “Axborot tizimlarini loyihalashtirish, yaratish va texnik qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi boshlig‘i Usmonov Husnuddin Jaloliddinovichning mehnati alohida e’tirof etildi hamda ko‘p yillar davomida mutaxassislarni tayyorlash, ichki o‘quv jarayonlarini tashkil etish va yosh xodimlarning kasbiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlashda muhim hissa qo‘shgani uchun faxriy yorliq va esdalik sovg‘a bilan taqdirlandi.


Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X