
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmoniga ko‘ra, mamlakatimizda har oyning ikkinchi shanbasi va yakshanba kunlari “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni” sifatida belgilangan. Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida “ABM” MCHJ tomonidan sayohat reja-jadvali tasdiqlanib, 2025-yil 30–31-avgust kunlari jamoa va ularning oila a’zolari uchun tarixiy Samarqand shahriga qiziqarli sayohat tashkil etildi.
Samarqand safarida ishtirokchilar nafaqat buyuk tarix va boy madaniyat bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, balki jamoaviy ruhni mustahkamlash, oila davrasida mazmunli dam olish va ijobiy kayfiyat uyg‘otishga ham erishdilar.
ABM MCHJ esa bunday tashabbuslarni an’anaga aylantirish, ichki turizmni rivojlantirish hamda xodimlar uchun to‘laqonli dam olish sharoitlarini yaratishda davlat siyosatini faol qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Ўзбекча: АБМ МЧЖ жамоаси ва уларнинг оила аъзолари Самарқандга саёҳат қилди
На русском: Коллектив ООО ГЦИ и их семьи совершили поездку в Самарканд
In english: ABM LLC Team and Their Families Visited Samarkand