Xodimlarning raqobat toʼgʼrisidagi qonunchilik hujjatlari talablaridan xabardorligi hamda ularning ushbu sohada bilim va koʼnikmalarini oshirish maqsadida trening oʼtkazildi.
Treningda quyidagi masalalar koʼrib chiqildi:
- Raqobat sohasidagi qonunchilik;
- Raqobat sohasiga taalluqli ichki hujjatlar;
- Xodimlarning raqobat sohasidagi qonunchilik talablarini bajarilishi yuzasidan majburiyatlari.
Treningda barcha xodimlarga raqobat to’grisidagi qonunchilikning huquqiy asoslari mazmun-mohiyati tushuntirildi. Ushbu mavzu boʼyicha kelajakda yana oʼquv-seminar, trening va davra suhbatlari oʼtkazilishi taʼkidlandi. Hamda raqobat toʼgʼrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini haqida xabardorlik darajasini aniqlash maqsadida test sinovlarni oʼtkazilib borilishi aytib oʼtildi.