
Markaziy bankning 2024 yil 16 yanvardagi 68-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “Markaziy bank markaziy apparati, hududiy bosh boshqarmalari hamda tasarrufidagi korxonalar xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil etish bo‘yicha dastur” ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil 18 mart kuni Axborotlashtirish Bosh Markazida “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda qo‘yidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
- Korrupsiya tushunchasi, uning shakllari va sabablari.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik.
- Markaziy bankda korrupsiyaga qarshi kurashishga doir ichki hujjatlar.
- Korrupsiyaviy harakatlar uchun javobgarlik.
- Markaziy bank xodimlarining mehnat shartnomasida belgilangan korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan majburiyatlari.
Jumladan, o‘quv seminarida barcha xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda xodimlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Kelajakda ushbu mavzu bo‘yicha yanada tadbirlar rejalashtirilganligi ta’kidlandi.
Matbuot markazi
Ўзбекча: "Коррупцияга қарши курашишнинг ҳуқуқий асослари" мавзусида семинар ўтказилди
На русском: Правовые основы борьбы с коррупцией