Markaziy bank va VISA xalqaro to‘lov texnologiyalari kompaniyasi O‘zbekistonda raqamli to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Memorandumga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda raqamli to‘lovlar infratuzilmasini birgalikda yaratish, yangi raqamli to‘lov mahsulotlarini joriy etish yo‘li bilan elektron to‘lovlarni qabul qilish tarmog‘ini kengaytirish va raqamli to‘lovlarni rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilishadi.
Shuningdek, tomonlar butun mamlakat bo‘ylab kartalarni qabul qilishni kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish dasturlarini banklar va savdo sub’ektlariga risklarni boshqarishning ishonchli vositalarini taqdim etish orqali amalga oshirishga kelishib oldilar.
Hamkorlik doirasida tomonlar mahalliy banklar bilan mobil va elektron to‘lovlar xavfsizligini ta’minlash uchun karta hisob raqamlarini belgilashni (tokenlashtirish) joriy etish, shuningdek, xatarlar va firibgarlik operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar almashish bo‘yicha ish olib borishni rejalashtirmoqdalar.
На русском: Visa и Центральный Банк Республики Узбекистан будут развивать инфраструктуру цифровых платежей в Узбекистане