Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Aloqa telefon raqami (+998 71) 212-61-41

To‘lov tizimida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama etildi

Yangilangan sana:  ...
3 Mar 2020

2 mart kuni Markaziy bankda Xalqaro moliya korporatsiyasi missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda naqd pulsiz to‘lovlar hamda ularni tartibga solish, shuningdek, elektron pullar emitentlarini nazorat qilish tizimini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

XMK vakillari O‘zbekistonda to‘lov tizimining zamonaviy standartlarini joriy etishda, fintex kompaniyalarining mahalliy bozorga kirishlarini erkinlashtirish borasida texnik yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Bundan tashqari, Markaziy bankning tegishli departamentlari va XMK vakillarining moliyaviy xizmatlar iste’molchilarini masofadan turib identifikatsiya qilish, mamlakatdagi to‘lov tizimi holati, bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish tizimi va amaldagi to‘lov tizimida xizmatlar turini kengaytirish masalalarida amaliy uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X